35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
RASMIY MUNOSABAT
янв.21
Yangikent mahallasida fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Yirik moliyaviy hamkorlik — yangi loyihalar uchun mustahkam zamin
янв.21
Oqbuloq mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
12-SONLI DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
Lalmikor mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lmoqda
янв.21
Sharq yulduzi mahallasida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi
Yoshlar tashabbusi deputat va Yoshlar maslahat guruhi e’tiborida

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yoshlar tashabbusi deputat va Yoshlar maslahat guruhi e’tiborida

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda yoshlar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalardan biri amaliy o‘rganildi.

📝 Mazkur murojaat yuzasidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvar Irgashev Olmazor tumanidagi “Guruchariq” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud sharoitlarni joyiga chiqib o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida mahalla hududida mavjud bo‘sh yer maydonidan samarali foydalanish, uni bolalar va yoshlar uchun zamonaviy sport maydonchasi yoki futbol maydoniga aylantirish masalasi muhokama qilindi. Ta’kidlanishicha, mazkur mahalla hamda unga tutash hududlarda istiqomat qilayotgan yoshlar uchun futbol maydonchasi mavjud emasligi sababli ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish imkoniyatlari cheklangan.

📝 Hududni ko‘zdan kechirish jarayonida mazkur bo‘sh maydonni deputatga ajratilgan mablag‘lar hisobidan bolalar sport maydonchasiga aylantirish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, loyiha yuzasidan zarur texnik va huquqiy ma’lumotlar to‘planib, mahalla raisi bilan birgalikda ushbu tashabbusni qonuniy asosda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🤝 Qayd etilganidek, mazkur loyiha yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda mahallada sport infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

✅ O‘rganish yakunida masalani belgilangan tartibda hal etish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sport maydonchasini barpo etish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash yuzasidan kelishib olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4