O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 472-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida monitoring ishlari olib borilmoqda.
🟢 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati A.Kalandarov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Ruzmetov hamda tuman DSENM bosh vrachi o‘rinbosari A.Madaminov tomonidan Uzunko‘l mahallasida joylashgan 30-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida ketering xizmati orqali yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatlantirish tizimi o‘rganildi.
🥗 O‘rganish davomida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlash sharoitlari, yaroqlilik muddati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
📋 Shuningdek, maktab oshxonasida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish, taomnoma asosida sifatli mahsulotlardan foydalanish hamda sanitariya talablariga qat’iy amal qilinishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚖️ Monitoring yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.