Янгиликлар

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B. Shakarov G‘allakor mahallasida joylashgan 50-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B. Shakarov G‘allakor mahallasida joylashgan 50-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida maktab binosining tom qismini hashar yo‘li bilan qayta yopish ishlari amalga oshirilayotgani kuzatildi. Ishlarning borishi, jalb etilgan fuqarolarning ishtiroki hamda yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.

Deputat tomonidan ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan bunday tashabbuslarning ahamiyati ta’kidlandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1