O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026 - 2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli Qarori ijrosi doirasida Amudaryo tumani “Daryo bo'yi” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 65-sonli maktab binosini rekonstruksiya qilish ishlari ustidan deputatlik nazorati olib borildi.
Mazkur jarayon O‘zLiDeP partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Y.Axmedov tomonidan amalga oshirildi. Nazorat tadbiri davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, loyiha hujjatlariga muvofiqligi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ishlarning sifat darajasi o‘rganildi.
O'rganish yakunida deputat tomonidan ushbu obyekt bo‘yicha nazorat ishlari izchil davom ettirilishi takidlandi.