alq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 14-Yangi shahar saylov okrugi deputati tuman hokimi Dilmurod Qodirov boshchiligida “Qo‘qumboy” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda tegishli tashkilot va xizmat ko‘rsatish korxonalari mas’ullari, shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etdilar.
📕Qabul davomida fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy muammolarni hal etish, infratuzilma masalalari, tibbiy yordam, yer va uy-joy bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, moddiy yordam, bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi murojaatlari tinglandi.
☑️Har bir murojaat alohida qayd qilinib, ayrimlari joyida hal etilgan bo'lsa, muddat talab qilinadigan murojaatlar tegishligi buyicha mas’ul tashkilotlarga yo'naltirildi.