Yigʻilishda tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda jinoyat sodir etilishiga sabab boʻlayotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, hududlarda osoyishtalikni mustahkamlash boʼyicha 2026-yilning I choragi davomida bajarilgan ishlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarning hisobot va axborotlari eshitildi.
Yigʼilish davomida mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish boʼyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Deputatlar tomonidan jinoyatchilikni kamaytirish, aholi oʼrtasida huquqiy madaniyatni oshirish hamda profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi alohida taʼkidlandi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Hududda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash yoʼlidagi ishlar izchil davom ettiriladi.