Fuqarolar murojaati o‘rganildi
🔰Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati T.Xoliqov tomonidan “Turkiston” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Zikirov Yodgorbekning murojaati o‘rganildi.
✅Murojaatda fuqaro tomonidan uyining devor qismini qurish jarayonida mahalla raisi tomonidan qurilish noqonuniy ekanligi haqida ogohlantirilgani bayon etilgan.
✅Murojaat yuzasidan fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, qurilish masalasiga aniqlik kiritish hamda tegishli xulosani olish uchun Kadastr agentligiga murojaat qilish lozimligi tushuntirildi.
✅Murojaatchiga amaldagi tartib va qonunchilik talablari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.