Янгиликлар

#Qonun_ijrosi

#Qonun_ijrosi

🔰Tuman Kengashi deputati F. Rajabova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-580-son Qonuni 37-moddasi ijrosi yuzasidan "Xalq banki"ning Zangiota tumani filialida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔰O‘rganish davomida bank filialida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, bank xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etishi, shuningdek, xizmat faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qonunchilik talablarining bajarilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔰Jarayon davomida bank xodimlariga korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik, xolislik va halollik tamoyillariga amal qilish, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda belgilangan tartibda choralar ko‘rish muhimligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3