Янгиликлар

Mahalla faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Madaniyat MFYda mahalla raisi faoliyati bilan tanishildi.

Suhbat davomida hududdagi obodonlashtirish ishlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash hamda aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.