35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

MUAMMO BARTARAF QILINDI

Uchrashuv davomida To‘pchi mahallasining “Jasorat” ko‘chasida joylashgan transformator bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat bildirildi.

Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan joyiga chiqib, holat o‘rganildi. O‘rganish jarayonida muammoni bartaraf etish maqsadida Bog‘ot tumani elektr ta’minoti tashkilotiga murojaat qilindi.

Tegishli tashkilot tomonidan zarur choralar ko‘rilib, transformator bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi.

Natijada fuqarolarning murojaati ijobiy hal qilinib, “Jasorat” ko‘chasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo yechim topdi.

Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishidir.

Slide 1 of 1