Yig‘ilish kun tartibida:
Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosining muhokamasi to‘g‘risida;
“Bo‘stonliqtumangaz” korxonasida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan 2026-yil iyul oyi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masallar ko‘rib chiqildi.
🔺Kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, ayrim masalalar bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganishlar o‘tkazish belgilandi.
🔺Yig‘ilish yakuni bilan doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.