35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 QURILISH JARAYONI JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan tumanning Mustaqillik ko‘chasida qurilayotgan ko‘prikning qurilish jarayoni joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 🏗

📍 O‘rganish davomida obyektda olib borilayotgan qurilish ishlarining borishi, qurilish sur’atlari hamda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi ko‘zdan kechirildi.

Ayni paytda ko‘prik qurilishi ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgani qayd etildi.

 Mazkur ko‘prikning barpo etilishi hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Ko‘prik qurilishining Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida yakunlanishi yurtimiz bayramiga munosib tuhfa bo‘lishi ta’kidlandi.

📌 Deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Joyiga chiqib o‘rganish → holatni aniqlash → nazorat → natija.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4