Янгиликлар

qonun_targʻiboti O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi O‘RQ-674-I-son “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonuni avtomobil transporti faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi hamda yo‘lovchilar va yuklarni tashish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Mazkur Qonunga muvofiq transport xizmatlarini litsenziyalash, tashuvchilarning huquq va majburiyatlari, yo‘lovchilar manfaatlarini himoya qilish, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda transport xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan muhim normalar belgilangan.

Xususan, ushbu qonun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi E.Yunusovga biriktirilgan bo‘lib, uning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda.

Slide 1 of 1