O‘rganish jarayonida Arpapoya mahallasida tashabbusli budjet loyihasining 2026-yil 1-mavsumida 1 ta loyiha g‘olib deb topilib, ularni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar ajratildi.
Ajratilgan mablag‘lar hisobidan mahallada uzoq yillardan buyon ta’mirtalab holatda bo‘lgan ichki ko‘chalarda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilib, jami 3 kilometrdan ortiq ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizildi. Natijada mahalla aholisining kundalik harakati uchun qulayliklar yaratilib, transport qatnovi sezilarli darajada yaxshilandi.
Amalga oshirilgan ishlar nafaqat yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga, balki mahalla hududining obod qiyofasini shakllantirishga, fuqarolarning turmush sifatini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Eng muhimi, ushbu natijalar tashabbusli budjet tizimining samaradorligini, aholining o‘z hududini rivojlantirishdagi faol ishtiroki muhim ekanligini yana bir bor namoyon etdi.