Янгиликлар

Deputat – mahallada

Deputat – mahallada
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov Gʻallakon mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida mahalladagi yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish ularning muammolarini manzilli hal etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Mahalla yettiligi tomonidan aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, yoshlar bilan ishlash mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash borasidagi faoliyat tahlil qilindi.
Deputat amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni daromadli mehnatga jalb qilish hamda mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha deputatlik nazorati izchil davom ettirilishini ta’kidladi.

Slide 1 of 2