Янгиликлар

Jinoyatchilikka qarshi kurash masalasi doimiy komissiya muhokamasida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi.

Unda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M. Matyakubovning 2026-yilning birinchi yarim yilligida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi. Muhokama davomida kiberjinoyatlar, profilaktik tadbirlar samaradorligi hamda jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida mazkur masalani xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilish yuzasidan tegishli doimiy komissiya qarori qabul qilindi.
📎 Doimiy komissiya qarori ilova qilinadi.

Slide 1 of 2