Yig‘ilish davomida qaror loyihalarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati hamda aholi manfaatlariga daxldor jihatlari muhokama qilinib, komissiya a’zolari tomonidan tegishli taklif va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalarning dolzarbligi, ularning ijrosini ta’minlash mexanizmlari va kutilayotgan natijalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar axborotlari eshitildi.
Muhokamalar yakuni bo‘yicha qaror loyihalarini takomillashtirish va ularni tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish yuzasidan tegishli tavsiyalar qabul qilindi.
🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube