Янгиликлар

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar holati nazoratdan o‘tkazildi

Xalq deputatlari Shah tumani Kengashi deputati S.Abdunazarova kotibiyat bosh mutaxassisi A.Sa'dullayev hamda “Madad” NNT vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan 2-Tanxoz saylov okrugi “Qumqishloq” MFYda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Shahrisabz tumani hokimi va tuman Kengashi deputati S.Xasanovning talab hamda tavsiyalari asosida nogironligi bo‘lgan fuqarolar istiqomat qilayotgan xonadonlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar holati nazoratdan o‘tkazildi.

Shuningdek, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, manzilliligi va samaradorligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4