Янгиликлар

🌱 Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganildi

📖 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 312-son qarori — **"Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"**gi qarori ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati A.Kalandarov o‘z saylov okrugidagi ishsiz yosh Bobojonov Nodirbek Rajabboy o‘g‘li tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandi.
🤝 O‘rganishda kotibiyat mudiri I.Masharipov, kotibiyat xodimi U.Ruzmetov hamda Bo‘ston mahallasi yoshlar yetakchisi J.Otojanov ishtirok etdi.
🌿 O‘rganish davomida "Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida 30 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit evaziga tashkil etilgan issiqxona faoliyati ko‘zdan kechirildi.
💼 Ta’kidlanganidek, Bo‘ston mahallasi yoshlar yetakchisi ko‘magida yo‘lga qo‘yilgan mazkur loyiha yoshning doimiy bandligini ta’minlash bilan birga, uning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
✅ O‘rganish yakunida ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6