Янгиликлар

Baxmal tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida tizimli ishlar davom etmoqda

Baxmal tumanidagi ichki ko‘chalar zamonaviy qiyofaga kirdi!
Baxmal tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida tizimli ishlar davom etmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli hamda Xalq deputatlari tuman Kengashining joriy yil 4-martdagi tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Norqulov tashabbusi hamda bevosita say-harakatlari bilan “Fidokor” MFYdagi ichki ko‘chalarni to‘liq ta’mirlash ishlari yakunlandi. Zamonaviy qiyofaga kelgan ushbu yo‘llar bugun mahalla ahlining uzog‘ini yaqin, og‘irini engil qilmoqda.

Slide 1 of 1