✅Jumladan, “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 1-mavsumi doirasida jamoatchilik fikri asosida g‘olib deb topilgan “Saxovat” MFYdagi Isakov, Qosimov va Asqarov ko‘chalarida amalga oshirillayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
✅Loyiha doirasida buyurtmachi — “Toshkent viloyati Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK tomonidan mazkur ichki ko‘chalarda asfalt qoplamasini yotqizish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
✅Mazkur ishlar aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
✅ Tashabbusli budjet loyihalari orqali aholi tomonidan bildirilgan takliflarning amalda ro‘yobga chiqayotgani fuqarolarning hayot sifati va turmush darajasini oshirishga muhim hissa qo‘shmoqda.