O‘rganish jarayonida deputat muassasaning moddiy-texnik bazasi, guruh xonalarining jihozlanishi, bolalar uchun yaratilgan ta’limiy va tarbiyaviy muhit, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda oziq-ovqat ta’minoti holati bilan yaqindan tanishdi.
Deputat guruh xonalarida bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni, dam olish va mashg‘ulot o‘tkazish joylari, o‘yin maydonchalarini ko‘zdan kechirdi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish va sog‘lom ovqatlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.