Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili B. Yo‘lchiyev Beshyuz mahallasida bo‘lib, profilaktika inspektorining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, jamoat tartibini saqlash hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Mahalladagi tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda jinoyatchilikning oldini olish yo‘lidagi sa’y-harakatlar doimo e’tibor markazida bo‘lib qoladi.
✅ Xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot va farovon hayot poydevori!