Aholi murojaatlarini o‘rganish hamda hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Xususan, “Yangiobod” mahallasi fuqarolari tomonidan 3-yo‘lakning 350 metr qismi,
4-yo‘lakning 350 metr qismidagi ichki yo‘l uzoq yillardan buyon ta’mirtalab holatda ekani,
yog‘ingarchilik mavsumida esa harakatlanish yanada qiyinlashayotgani yuzasidan asosli
e’tirozlar bildirildi.
Hozirda mazkur masala bo‘yicha Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga 116-ds-449-26-sonli deputat so‘rovi chiqarildi.