Bugun, Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati Farhod Rahmanov shahrimizda davom etayotgan obodonlashtirish va ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlarning borishi bilan tanishdi.
Deputat F.Rahmanov shahar hududida yangi tashkil etilayotgan “Yashil belbog‘” barpo etish va mavjud yashil maydonlarni saqlash, shuningdek, sug‘orish tizimlarini yaxshilash borasidagi ishlarni joyida ko‘zdan kechirdi.
O‘rganishlar davomida deputat tomonidan shahar ekologiyasini yanada yaxshilash, hududlarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.