Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna o‘zi saylangan okrugdagi Novdak MFYda bo‘lib, hududdagi mavjud holat hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahalla profilaktika inspektori Usmonov Jasur Alisher o‘g‘li bilan birgalikda aholidan kelib tushayotgan murojaatlar, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash hamda hududda jinoyatchilikning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Ayniqsa, jinoyatchilik darajasi bo‘yicha “qizil” va “sariq” hududlarda
huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar tahlil qilindi. O‘rganishlar davomida Novdak MFYda 2026-yilning shu davriga qadar jinoyat holati qayd etilmagani ma’lum qilinib, bu borada olib borilayotgan profilaktik ishlarning samarasi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, profilaktika inspektori tomonidan har hafta payshanba kunlari mahalla yoshlari bilan jinoyatchilikning oldini olishga
qaratilgan davra suhbatlari o‘tkazib kelinayotgani, aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tushuntirish ishlari muntazam olib borilayotgani bildirildi. Muloqot jarayonida profilaktika inspektorining xizmat
faoliyati yuzasidan hisobot tinglanib, alohida nazorat talab etuvchi fuqarolar bilan ishlash samaradorligi ham muhokama qilindi. Deputat tomonidan bu yo‘nalishdagi jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish lozimligi qayd etildi. Shuningdek, mahallada “Xavfsiz mahalla” tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ko‘chalarni videokuzatuv kameralari bilan jihozlash, aholi kam qatnovchi hamda hilvat hududlarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
  

Slide 1 of 3