♻️Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashi deputati Akramov Olimxon Axrarovich tomonidan yo‘llardan foydalanish davlat muassasasiga yuborilgan rasmiy deputat so‘rovi asosida Qahramon hududida joylashgan chorrahadagi muammo ijobiy hal etildi.
♻️Mazkur hududda transport va piyodalar harakati yuqori bo‘lishiga qaramay, ilgari piyodalar o‘tish yo‘lakchasi mavjud bo‘lib chiziqlari o‘chib ketgan edi va bu holat fuqarolar hayoti uchun xavf tug‘dirayotgan edi.
♻️Deputatlik so‘rovi natijasida Qahramon MFY hududida piyodalar o‘tish yo‘lakchasi chizib chiqildi.
https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi