Янгиликлар

#bunyodkorlik

Olmaliq shahrida Mudofaa ishlari bo‘limining zamonaviy talablar asosida to‘liq ta’mirdan chiqarilgan yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Tadbirda shahar hokimligi mas’ullari, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova, shahar Kengashi deputatlari Alisher Samadov hamda Muhiddin Abdullayev ishtirok etdilar.

Binoda xodimlarning samarali faoliyat yuritishi, fuqarolar va chaqiriluvchilar bilan ishlash jarayonini sifatli tashkil etish uchun barcha zarur moddiy-texnik baza yaratilgan. Xonalar zamonaviy uslubda ta’mirlanib, axborot texnologiyalari bilan jihozlangan.

Ochilish marosimida ishtirok etgan deputatlar yangi bino soha xodimlarining jangovar shayligi va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda muhim maskan bo‘lishini ta’kidlab, jamoaga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.

✅ Vatan himoyasi — muqaddas burch, unga munosib sharoit yaratish esa doimiy e'tibordadir!