Янгиликлар

“ICHKI YO‘LLAR SIFATI — AHOLI ROZILIGI YO‘LIDAGI AMALIY NATIJA”

“ICHKI YO‘LLAR SIFATI — AHOLI ROZILIGI YO‘LIDAGI AMALIY NATIJA”

🔹 Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ilhomjon Abduraxmonov tomonidan Xonqiz MFY hududidagi “Oq oltin” va “Sadoqat” ko‘chalarining ichki yo‘llarini asfaltlashtirish ishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan infratuzilma loyihalarining ijrosi o‘rganildi.

🔹 O‘rganishlar jarayonida mazkur ko‘chalarda asfalt qoplamasi sifatli yotqizilgani, ichki yo‘llar holati sezilarli darajada yaxshilangani va aholi uchun qulay hamda xavfsiz harakatlanish muhiti yaratilgani qayd etildi. Bu esa hududda obodonlashtirish ishlarining amaliy natijasi sifatida baholandi.

🔹 Shu bilan birga, amalga oshirilgan ishlar aholi roziligini ta’minlash, hayot sifatini oshirish hamda hudud infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

🔹 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil va tizimli ravishda davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 3