Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati I. Sagdullayev tomonidan “Xastimom” mahallasida joriy yilning I choragi yakunlari yuzasidan axborot yig‘ilishi tashkil etildi.

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati I. Sagdullayev tomonidan “Xastimom” mahallasida joriy yilning I choragi yakunlari yuzasidan axborot yig‘ilishi tashkil etildi.

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Sagdullayev 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan Olmazor tumanidagi “Xastimom” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida 23-“Zarqaynar” saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashib, axborot berdi.

📝 Mazkur tadbirda tuman Kengashi deputati D.Raxmatullayev, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov, “XDP” demokratik partiyasi Olmazor tumani Kengashi raisi X.Xamidov, shuningdek, mahalla faollari, fuqarolar hamda mahalla “yettiligi” vakillari ishtirok etdi.

🔖 Deputat o‘z hisobot davrida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan mahallalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, "Xastimom" MFY hududida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etdi.

📉 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududdagi bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Jumladan, kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda hududni yanada obodonlashtirish bilan bog‘liq takliflar bildirildi. Mazkur murojaatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

🔺 Uchrashuv yakunida deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ayrim masalalar ijobiy hal etildi, qolgan dolzarb masalalar esa belgilangan tartibda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etilishi ta’kidlandi.

❗️ Yig‘ilish yakunida aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni tizimli hal etish, hududlarda infratuzilmani yanada yaxshilash, sog‘liqni saqlash hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 8