📌 Yangi maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi deputatlik nazoratida
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov tomonidan “Qizilolma” mahallasi Shalqon qishlog‘ida deputatlik nazorati amalga oshirildi.
🏗 Mazkur nazorat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida barpo etilayotgan 90 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish jarayonlarini qamrab oldi.
🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlari sifati, muddatlarga rioya etilishi hamda mavjud holat yuzasidan tahlillar olib borildi.
📝 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi va mas’ul tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
⚖️ Qurilish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishini ta’minlash maqsadida deputatlik nazorati davom ettiriladi.