Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI HAMKORLIGI

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 20 bandi (mahalladagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xolati (Profilotika inspektori bilan suxbatlashish, zarur bo‘lsa fuqarolari bilan uchrashiish)) ijrosini ta’minlash maqsadida shahar Kengashi deputati B.Djumaniyazov “Ziyokorlar” mahallasi profilotika inspektorining olib borilayotgan ishlari bilan tanishdi.

Maqsad mahalla hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni samarali va hamkorlikda tashkil etish hamda fuqarolar bilan manzilli ishlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali ularni salbiy yo‘llarga kirib qolishidan himoya qilishdan iborat.

O‘rganish davomida mahalla hududida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar tahlil qilindi. deputat B.Djumaniyazov ayniqsa, “qizil” toifaga kiruvchi xonadonlar, ishsiz yoshlar va huquqbuzarlikka moyil bo‘lgan shaxslar bilan olib borilayotgan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlarning holatini joyida ko‘zdan kechirdi.

Muloqot chog‘ida profilaktika inspektoriga mahalla “yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, muammoli oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda jinoyatchilikning oldini olishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

Shuningdek, aholi va yoshlar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda fuqarolarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Deputat B.Djumaniyazov tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda jinoyatchilik profilaktikasi samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari – xalq manfaatlari yo‘lida!