Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
Yakkasaroy tumanida yo‘l xavfsizligi va bandlik masalalari e’tiborda

Yakkasaroy tumanida yo‘l xavfsizligi va bandlik masalalari e’tiborda

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 6-Armug‘on saylov okrugi deputati Yuldasheva Umida Tuxtamuradovna, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li hamda “Armug‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda hududda keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish maqsadida tashkil etildi. Jarayonda hokim yordamchisi Daminov Pardajon Dilshod o‘g‘li, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim Batirova Mazmuna Mirzaakbarovna, xotin-qizlar faoli Rasulova Dilnoza Saidaliyevna, yoshlar yetakchisi Qurbonboyev Nurali Yusupboy o‘g‘li hamda profilaktika inspektori Muxamadov Azizbek Madamin o‘g‘li faol ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, mavjud belgilar talab darajasida o‘rnatilmagani sababli transport vositalari tartibsiz joylashtirilayotgani, natijada esa ko‘chada tirbandlik holatlari yuzaga kelayotgani, hududdagi yo‘llarda yotiq chiziqlar (sun’iy notekisliklar) hamda zarur yo‘l belgilarini o‘rnatish maqsadga muvofiqligi aniqlandi. Shu bilan birga, piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa bolalar va keksalar qatnovi ko‘p bo‘lgan hududlarda qo‘shimcha ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatish zarurligi qayd etildi. Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, haydovchilar va piyodalar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. Ushbu yo‘nalishda profilaktika inspektoriga tegishli tavsiyalar berilib, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligi alohida qayd etildi.

Hududda aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratida ekani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 1