Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
‼️‼️‼️ Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

‼️‼️‼️ Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hududlarda holat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Bugun Doimiy komissiya a’zolari Xusainov Abdixalik Nabiyevich, Xallakov Baxodirjon Abdukaxorovich, Fazilov Ramiz Yasharovich, Suleymanova Muyassarxon Nizamovna, Iskandarov Albert Shoyimovich, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Axmedjanova Xurriyat Faxritdinovna Yakkasaroy tumanida o‘rganishlar olib bordilar.

O‘rganishlar davomida Adliya bo‘limi huzuridagi “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti xodimlari faoliyati bilan tanishilib, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar olindi. Xususan, aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish, murojaatlarni ko‘rib chiqish, huquqiy tushuntirishlar berish hamda fuqarolarning muammolarini qonuniy hal etishga ko‘maklashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tizimi, ularning qabul qilinishi va ijrosini ta’minlash mexanizmlari, fuqarolar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. “Madad” tashkiloti tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga huquqiy ko‘mak berish borasida olib borilayotgan ishlar ijobiy baholandi.

Adliya bo‘limining umumiy ish faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, zamonaviy “Smart office” tizimi orqali ish jarayonlarini raqamlashtirish, hujjatlar aylanishini soddalashtirish va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Mazkur tizim orqali fuqarolarga tezkor, qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari yaratilgani alohida ta’kidlandi.

Bu kabi o‘rganishlar davom etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1