Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
🏗 Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari davom etmoqda

🏗 Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari davom etmoqda

📜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi **“Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”**gi PF–223-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy soha obyektlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

📑 Shu bilan birga, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining VII-18-143-12-177-K/25-sonli “2026-yilda Shovot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tumanda ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirish, xususan ta’lim muassasalarini yangilash, ularni zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

🏫 Mazkur qarorga asosan tumandagi “Asavey” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 41-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 6 milliard 608 million so‘mni tashkil etib, mazkur ta’lim muassasasining loyiha quvvati 460 o‘ringa mo‘ljallangan.

👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati G.Dosova, Shovot tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ro‘zmetovlar tomonidan Asavey mahallasida joylashgan 41-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha to‘liq amalga oshirilishi natijasida hududdagi o‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz ta’lim muhiti yaratiladi, bu esa ta’lim sifatini yanada oshirish hamda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga xizmat qiladi.