Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
#96_ta_qonun 👨‍💼 Iqtisodiyot, tadbirkorlik va bank sohasiga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlarining iqtisodiyot, tadbirkorlik va moliya sohasidagi huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlanmoqda.

Mazkur jarayon doirasida 19-Mingchinor saylov okrugi deputati Abdug‘aniyev Samo Nizomovichga quyidagi muhim qonunlar biriktirildi:

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonuni (2006-yil 6-may, O‘RQ-33-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni (2012-yil 2-may, O‘RQ-328-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni (2019-yil 5-noyabr, O‘RQ-580-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni (2021-yil 22-aprel)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi Qonuni (2024-yil 13-oktabr, O‘RQ-970-son)

Mazkur qonunlarni chuqur o‘rganish orqali hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, bank xizmatlaridan samarali foydalanish, iste’mol krediti bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, davlat xaridlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda kreativ iqtisodiyot yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ishlar yanada samarali tashkil etiladi.

Ayniqsa, bugungi kunda yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va aholini kreativ iqtisodiyotga jalb etish, davlat mablag‘laridan oqilona foydalanish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, mazkur deputatga Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Saimnazarov Ma’rufjon Jahongir o‘g‘li mas’ul etib biriktirildi.

Bu kabi tizimli yondashuv deputatlarning iqtisodiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, fuqarolar hamda tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish, hududda iqtisodiy rivojlanish va qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1