Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
“Farg‘ona tumanida aholi muammolarini o‘rganish va manzilli yechim topish bo‘yicha Birdamlik mahalla faollari bilan ochiq muloqot”

“Farg‘ona tumanida aholi muammolarini o‘rganish va manzilli yechim topish bo‘yicha Birdamlik mahalla faollari bilan ochiq muloqot”

Farg‘ona tumanida aholining ijtimoiy va iqtisodiy turmush darajasini oshirish, dolzarb muammolarini bartaraf etish va ularga chinakam manzilli yondashuv asosida yechim topish maqsadida mahallalardagi ochiq muloqotlar izchil davom etmoqda. Ushbu jarayon nafaqat muammolarni o‘rganish, balki xalq bandligi, farovonligi va hududlar rivojini tezkor va samarali ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Navbatdagi bunday muloqot Birdamlik mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Shuxratjon Raximov, Ozodaxon Dadajonova, Naziraxon Akbarova hamda hudud deputati Muyassar Tojiboevalar mahalla faollari bilan yuzma-yuz uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va infratuzilma loyihalarining amaldagi holati bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida mahalladagi:

• obodonlashtirish ishlari,

• xotin-qizlar bandligini ta’minlash,

• tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati,

• ijtimoiy ko‘mak va xizmatlarning samaradorligi

kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi. Har bir muammo chuqur tahlil qilinib, uni hal etish uchun amaliy, manzilli va ijtimoiy ahamiyatga ega chora-tadbirlar belgilab olindi. Muloqotda fuqarolarning fikr-mulohaza va takliflari tinglanib, ularda ko‘tarilgan dolzarb masalalarga tezkor yechim tayyorlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, xotin-qizlar bandligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Nafis” tikuvchilik sexi faoliyati o‘rganildi. sexda mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan suxbat chog‘ida ularning ishdan mamnunligi, oilasiga qo‘shimcha daromad olib kirish imkoniyati, mehnat sharoitlarining qulayligi va eng muhimi — o‘z vaqtidan samarali foydalanish imkoniyati borligini mamnuniyat bilan aytishlari, hududda amalga oshirilayotgan ishlar samarasining yorqin tasdig‘i sifatida qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida yuzma-yuz muloqotlar orqali aniqlangan muammolar ro‘yxati shakllantirilib, ular bo‘yicha mas’ul idoralarga “Deputatlik so‘rovi” yuborish masalasida kelishib olindi. Bu esa har bir muammoni nazoratga olish va joyida hal etishga qaratilgan muhim qadam sifatida qayd etildi.

Slide 1 of 5