"Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik Nazoratda"
✍🏻Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 19-Oppoq saylov okrugidan saylangan deputati G. Isroilov Oppoq MFY hududiga kuz-qish mavsumiga tayorgorlik ishlari hamda kommunal-xo‘jalik tarmoqlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
🖇Deputat aholi xonadonlariga borib isitish tizimlari, elektr va gaz ta’minotidagi mavjud holatni o‘rgandi. "Oppoq" MFY fuqarolari bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolardan biri elektr va gaz ta’minotida uchrayotgan uzilishlar bo‘yicha og‘zaki murojaatlarni qabul qildi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolari eski sim yog'ochlarni yangilash, elektir to'kining bosimi pastligi bo‘yicha deputat tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish yo‘li bilan tezkor yechim topish choralarini ko‘rishni topshirdi.
✅G. Isroilov aholi bilan muloqot chog‘ida har bir fuqaroning qish mavsumida uzluksiz kammunal xizmatlar bilan ta’minlanishini va ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Davra suhbatida mahalla yettiligi va mahalla faollari ishtirok etishdi.
🌐Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.