Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат- муаммоларни ўрганди.
янв.21
Депутат Мирзалиев Хабибулло Авазбековичнинг фаолияти Ekopress. uz сайтида ёритилди.
янв.21
Депутат Мирзалиев Хабибулло Авазбековичнинг фаолияти Ekopress. uz сайтида ёритилди.
янв.21
Ислоҳотлар марказида – инсон манфаати
янв.21
Янгиқўрғон туман  “Қайроки” маҳалласида депутат иштирокида учрашув бўлиб ўтди
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
#Янгиқўрғон Депутати
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар ваколатлари ортмоқда
Deputatlar tomonidan Prezident farmonlariga munosabat

Aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni “mahalla yettiligi – tuman (shahar) Kengashi – viloyat Kengashi – Senat” tamoyili asosida kuchaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–98-sonli Farmoniga ko‘ra:

➖aholining muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalar “mahalla yettiligi – tuman (shahar) Kengashi – viloyat Kengashi – Senat” tamoyili asosida hal etish choralari ko‘riladi;

➖mahalliy Kengashlarning qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki kuchaytirilib, Kengashlarda Oliy Majlis Senatida ko‘rib chiqiladigan qonunlar yuzasidan hudud manfaatidan kelib chiqqan holda takliflar ishlab chiqish hamda Senatga kiritib borish tizimi joriy etiladi;

➖endilikda mahalliy Kengashlar raislari Korruptsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlariga raislikni amalga oshiradi, uning qonuniy asoslari yaratiladi;

➖mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlari bilan yuklash amaliyoti joriy etiladi;

➖mahalliy Kengashlarga o‘z hududiga oid respublika darajasida hal etiladigan muhim va dolzarb masalalarni Oliy Majlis Senati muhokamasiga olib chiqish vakolati beriladi.

✍️ Fayzixonov Abrorxon, Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashi deputati

Slide 1 of 1