Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Deputatning o'z saylov okrugidagi maktab jamoasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yetilligi "bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettiligi" bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla Yettiligi bilan qabuli
янв.21
Deputat OShP binolarining qozonxona va isitish tizimlarini ishlashini ko'zdan kechirdi.
янв.21
Deputat isitish tizimini bir maromda, isrofgarchilikka yo'l qo'ymagan holda ishlatish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettilligi" bilan hamkorligida uchrashuvlari
янв.21
3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni: Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi
янв.21
Deputat uchrashuvi
Yangiobodlik tadbirkorlar bilan muloqot tashkil etildi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi va partiya fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari, partiyadan mahalliy
Kengashlarga saylangan deputatlar ishtirokida Yangiobod tumanidagi “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi.
 

Partiya yetakchisi ta’kidlaganidek, so‘nggi yillarda tumanda tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Birgina misol, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Yangiobod tuman bank xizmatlari markazi tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari ishlab chiqarish kooperativlari va boshqa biznes rejalarni amalga oshirish maqsadida, 100 million so‘mgacha garovsiz, 500 million so‘mgacha garov ta’minoti pasaytirilgan shartlar asosida 150 ta fuqaroga 14 milliard 455 million so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan. 

Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida tadbirkorlar tomonidan 150 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Shuningdek, o‘z-o‘zini band qilgan 1600 nafar fuqaroga “Biznesga birinchi qadam”, “Tomorqa biznesi” uchun kreditlar ajratib berilgan. 

Muloqot chog‘ida hudud sharoitidan kelib chiqib, turli yo‘nalishdagi tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan bevosita Yangiobodlik ishbilaronlarning fikrlari, takliflari tinglandi. 

Uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan hukumatga va tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarish va takliflar taqdim qilinishi aytib o‘tildi. 

Slide 1 of 4