Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Deputatning o'z saylov okrugidagi maktab jamoasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yetilligi "bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettiligi" bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla Yettiligi bilan qabuli
янв.21
Deputat OShP binolarining qozonxona va isitish tizimlarini ishlashini ko'zdan kechirdi.
янв.21
Deputat isitish tizimini bir maromda, isrofgarchilikka yo'l qo'ymagan holda ishlatish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettilligi" bilan hamkorligida uchrashuvlari
янв.21
3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni: Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi
янв.21
Deputat uchrashuvi
Yаngiobodda mahalliy Kengash deputatlari va partiya faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi va partiya fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruh Yаngiobod tumanida
partiyadan mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar, siyosiy kuch tuzilmalari xodimlari va faollari bilan partiya saylovoldi dasturidagi vazifalar amalga oshirilishiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, o‘tgan yili saylovdan keyin Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlislarida so‘zlagan nutqida parlament va mahalliy Kengashlarga belgilab bergan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan O‘zLiDePning uzoq muddatli yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.

Partiya yetakchisi mazkur vazifalar saylovoldi dasturimizdagi maqsadlar bilan mushtarakligiga, huquqiy-me’yoriy hujjatlarning hududlardagi ijrosi bo‘yicha deputatlik va jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘laqonli himoya qilinishiga ko‘maklashish muhim ekanligiga alohida e’tibor qaratib o‘tdi.

Davra suhbati davomida yaqinda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni loyihasi haqida ham fikr-mulohazalar, takliflar bildirib o‘tildi.

Ushbu dasturiy hujjatda nazarda tutilgan atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot borasidagi vazifalar partiyaning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan ko‘plab tashabbuslar va g‘oyalar bilan mushtarakligi, undagi chora-tadbirlar partiya elektorati manfaatlariga uyg‘unligi e’tirof etildi.

Mahalliy Kengashlar deputatlari, partiyaning barcha tuzilmalari xodimlari va faollari davlat dasturi loyihasini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif-tavsiyalari bilan faol ishtirok etishga chaqirildi.

Davra suhbati davomida kelgusida amalga oshiriladigan aniq maqsad va vazifalar belgilanib, tuman iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan qator vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5