Bugun Respublika miqyosida tuman (shahar) Kengashlari deputatlari uchun onlayn o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar dastur rejsidan quyidagilar o‘rin olgan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis palatalarining majlislarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, unda vakillik organlarining o‘rni.
2. Mahalliy Kengashlar deputatlari maqomi, Deputatlik faoliyatining kafolatlari.
3. Mahalliy Kengashlar, doimiy komissiyalar, partiya guruhlari
va deputatlar faoliyatini to‘g‘ri hamda samarali tashkil etish.
4. Mahalliy budjetni shakllantirish, uning ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirish.
5. Hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish, tasdiqlash hamda ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil faoliyatini olib borish.
Shuningdek, onlayn seminarda Yangiyo‘l shahar hokimligining majlislar zalidan Yangiyo‘l shahar, Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on, Toshkent, Zangiota, Chinoz va Yangiyo‘l tumanlarining deputatlari ishtirok etdi.