📌Tadbirda hududda kambag‘allikni qisqartirish, aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini o‘rgandi.
📖 O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi “Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ko‘mak choralarini ko‘rsatishga doir tartib-taomillarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 125-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalar, kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish sohasidagi natijali ishlar bilan yaqindan tanishib chiqildi.
📑Tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi va ish jarayonidagi muammolar yuzasidan muhokamalar qilinib, mutasaddi tashkilotlar orqali amaliy choralar belgilandi.