Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlar Xovos tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlar Xovos tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlar Xovos tuman Kengashi
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Deputatning o'z saylov okrugidagi maktab jamoasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yetilligi "bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettiligi" bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla Yettiligi bilan qabuli
янв.21
Deputat OShP binolarining qozonxona va isitish tizimlarini ishlashini ko'zdan kechirdi.
янв.21
Deputat isitish tizimini bir maromda, isrofgarchilikka yo'l qo'ymagan holda ishlatish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi
Deputat so'rovlari tahlil qilinmoqda

Xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, har chorak yakunlari bo‘yicha deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berilishi holatini o‘rganish, tahlil qilish hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar va qarorlar qabul qilish belgilangan. Buning ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda tuman Kengashi kotibiyati mudirining tuman Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yil I chorak davomida yuborilgan deputatlik so‘rovlarining umumiy holati hamda ularning ijrosi yuzasidan tayyorlangan tahliliy axboroti tinglandi. Mazkur axborotda deputatlik so‘rovlarining soni, ularning yo‘nalishlari, ko‘rib chiqilish muddatlariga rioya etilishi, javoblarning o‘z vaqtida sifatli taqdim etilishi hamda ijro intizomi holati atroflicha tahlil qilindi. Yig‘ilish davomida deputat so‘rovlarining samaradorligini oshirish, ularning ijrosini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash maqsadida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritish bo‘yicha doimiy komissiya qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 4