Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Deputatning o'z saylov okrugidagi maktab jamoasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yetilligi "bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettiligi" bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla Yettiligi bilan qabuli
янв.21
Deputat OShP binolarining qozonxona va isitish tizimlarini ishlashini ko'zdan kechirdi.
янв.21
Deputat isitish tizimini bir maromda, isrofgarchilikka yo'l qo'ymagan holda ishlatish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettilligi" bilan hamkorligida uchrashuvlari
янв.21
3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni: Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi
янв.21
Deputat uchrashuvi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalla xonadonlarida bo‘ldi.

 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
mahalla xonadonlarida bo‘ldi.

Buloqboshi tumanida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish borasida rejali ishlar
amalga oshirilib kelinmoqda.

"Mahalla yettiligi " tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla xavfsizligini ta’minlash yuzasidan rejali ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlarni borishi va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, ularga kerakli metodik va amaliy yordamlar, huquqiy tushunchalar berish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Baxtiyor Maniyozov, xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi kotibiyat mudiri N.Berdiqulov xamda tuman Kengashi deputatlari birgalikda tumandagi Yuksalish, Shoxguzar, Xontepa va Uchtepa mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘ldi.

Deputat B.Maniyozov ushbu mahallalardagi aholi xonadonlarida yerdan unumli foydalanish va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida lola yetishtirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha pilla qurtini boqishga tayyorgarlik ishlari, sarimsoqpiyoz yetishtirish hamda ko‘chalardagi bo‘sh yotgan yerlardan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
va ushbu ishlarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, aholini to‘la bandligini ta’minlash hamda qanday moddiy va huquqiy yordamlar berishni aytib o‘tdi.

Slide 1 of 5