Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Deputatning o'z saylov okrugidagi maktab jamoasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yetilligi "bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettiligi" bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla Yettiligi bilan qabuli
янв.21
Deputat OShP binolarining qozonxona va isitish tizimlarini ishlashini ko'zdan kechirdi.
янв.21
Deputat isitish tizimini bir maromda, isrofgarchilikka yo'l qo'ymagan holda ishlatish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettilligi" bilan hamkorligida uchrashuvlari
янв.21
3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni: Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi
янв.21
Deputat uchrashuvi
Deputat yoshlarni siyosatga taklif etdi!

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni maqsadda turli tashabbuslar hayotga tatbiq etilib, qator loyihalar amalga oshirilayapti. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Siyosatga marhamat” loyihasi ham xotin-qizlarni jamiyatning faol a’zosiga aylantirish, ularning siyosiy bilimlarini yanada oshirish, qarashlarini kengaytirish, ma’naviy va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilib kelayotgani bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Partiyaning Samarqand viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Ayol va siyosat” mavzusidagi tadbir ham aynan ushbu loyiha doirasida tashkil etildi. Unda ishtirok etgan partiyaning Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi deputatlari Nilufar Nurmatova va Feruza Tog‘ayeva siyosatga kirib kelish jarayoni, deputatlik faoliyati, saylovchilarning ishonchini oqlash borasida olib borayotgan ishlari haqida talaba yoshlarga atroflicha so‘zlab berishdi.

Kasbi shifokor va o‘qituvchi bo‘lgan bu ikkala deputat ayolning aholini qiynab kelayotgan mavjud masalalar yechimi bo‘yicha ijro xokimiyati bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlari, ko‘rsatayotgan ezgu tashabbuslari haqida yetarlicha ma’lumotga ega talabalarda siyosatga, xususan deputatlikka bo‘lgan qiziqishi har qachongidan ham ortdi. Ularda ham kelgusida mahalliy Kengashlarda xalq vakili sifatida faoliyat olib borib saylovchilar bilan birga bo‘lish, ularning masallariga yechim topishdek xayrli ishlarni amalga oshirish ishtiyoqi kuchaydi.

Tadbir davomida bo‘lajak shifokorlar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan deputatlarga murojaat qilishib, tegishli javoblar olishdi. 

Slide 1 of 3