Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Deputatning o'z saylov okrugidagi maktab jamoasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yetilligi "bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettiligi" bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla Yettiligi bilan qabuli
янв.21
Deputat OShP binolarining qozonxona va isitish tizimlarini ishlashini ko'zdan kechirdi.
янв.21
Deputat isitish tizimini bir maromda, isrofgarchilikka yo'l qo'ymagan holda ishlatish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettilligi" bilan hamkorligida uchrashuvlari
янв.21
3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni: Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi
янв.21
Deputat uchrashuvi
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitusiyasi qabul qilinganligiga bir yil bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligi belgilab qo‘yildi, mavjud huquqiy bo‘shliqlar to‘ldirildi. Sohaviy qonunchiligimizda mavjud ayrim normalar Konstitutsiya bilan mustahkamlanib, ko‘plab konseptual yangi normalar kiritildi.

Har kimning uy-joyli bo‘lish huquqi, uy-joylar qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rniga teng qiymatda kompensatsiya berilishi kafolatlandi. Kafolatgan bepul tibbiy xizmatlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi qonun qoidalar takomillashtirildi.

Ta'lim sohasida yangi moddalar kiritildi, oliy ta'lim, bepul boshlang‘ich kasb-hunarga o‘qitish, inklyuziv ta'lim jarayonlari, o‘qituvchilarning qadr-qimmati himoya qilinishi, Oila, farzand tarbiyasi, ayollarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, kambag‘allikni qisqartirish, adolatli haq olish, insonning munosib turmush darajasini ta'minlash, ishsizlarga ijtimoiy ta'minot berish, pensiya yoshidagi va xorijdagi vatandoshlarimizga g‘amxo‘rlik qilish munosabatlari Konstitutsiya bilan belgilab qo‘yildi.

Inson huquq va erkinliklarini ta'minlash davlatning oliy maqsadi etib belgilandi, inson huquqlariga oid normalar 3 barobarga oshdi. Inson huquqlarini himoya qilishda advokatlarning rolini oshirish, ularning prokurorlar bilan teng tortishuvchanlik prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatishini ta'minlashga qaratilgan normalar kiritildi.

Parlament vakolatlari kuchaytirildi, Qonunchilik palatasi bilan Senatning birgalikdagi vakolatlari, har bir palataning alohida-alohida vakolatlari va mas'uliyat sohalari aniq belgilab berildi.  

Slide 1 of 1