Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Deputatning o'z saylov okrugidagi maktab jamoasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yetilligi "bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettiligi" bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla Yettiligi bilan qabuli
янв.21
Deputat OShP binolarining qozonxona va isitish tizimlarini ishlashini ko'zdan kechirdi.
янв.21
Deputat isitish tizimini bir maromda, isrofgarchilikka yo'l qo'ymagan holda ishlatish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettilligi" bilan hamkorligida uchrashuvlari
янв.21
3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni: Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi
янв.21
Deputat uchrashuvi
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 98-sessiyasi 26-aprel kuni oʻtkaziladi

Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov 19-aprelda qabul qilgan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, to‘qson sakkizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi qarorida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, to‘qson sakkizinchi sessiyasi 2024-yil 26-aprel kuni o‘tkazilishi belgilandi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-oktabrdagi “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-343-son qarorining viloyatdagi ijrosi yuzasidan “Samarqand suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori K.Yusupovning hisoboti;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha (Ombudsman) mintaqaviy vakili D.Xusanovning 2023-yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida axboroti;

hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorini ma’qullash to‘g‘risida;

Pastdarg‘om tumanidagi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hududi (chegarasi)ga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijro hokimyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda shaxsiy mas’uliyatini ko‘chaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5230-sonli qaroriga asosan viloyat hokimi o‘rinbosarlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2024-yil I chorak ijrosi hamda II, III, IV chorak rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2024-yil 10-fevraldagi SQ-875-IV-sonli qaroriga asosan 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda viloyatda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;

viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
 

Slide 1 of 1