35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ijrosi ta'minlanmoqda

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli Qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish davomida Ishtixon tumani “Xonaqo” mahalla fuqarolar yig‘ini Egarchi qishlog‘ida yashovchi fuqaro G.Toirovaning uy-joyga muhtojligi aniqlandi. Fuqaro G.Toirovaga homiylar ishtirokida uy-joy qurilishiga amaliy yordam berish rejalashtirildi. 

Slide 1 of 2