Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Deputatning o'z saylov okrugidagi maktab jamoasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yetilligi "bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettiligi" bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla Yettiligi bilan qabuli
янв.21
Deputat OShP binolarining qozonxona va isitish tizimlarini ishlashini ko'zdan kechirdi.
янв.21
Deputat isitish tizimini bir maromda, isrofgarchilikka yo'l qo'ymagan holda ishlatish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettilligi" bilan hamkorligida uchrashuvlari
янв.21
3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni: Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi
янв.21
Deputat uchrashuvi
Payariq tumani 10-umumta'lim maktabida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazilib, ijodkor o‘quvchilar rag‘batlantirildi

 Tumanda har bir deputat o‘zi yashayotgan, istiqomat qilayotgan mahallalarda maktab, bog‘cha, oilaviy poliklinika yo poliklinikalarning filiallari mavjud va ularda yuz yo undan kam, boringki ana 20-30 nafarlab o‘qituvchi, tarbiyachi, vrach, hamshiralar ishlaydi, shu muassasadagi vazifasi nuqtai nazaridan, ularni bajarganligi uchun oylik maosh oladi. Albatta hamma oylik maosh olgisi keladi, ayniqsa u ko‘p bo‘lsa, ro‘zg‘ori, xarajatlariga yetib tursa, yana qo‘shimcha qo‘lida pul yig‘ilsa yanayam zo‘r. Pul kelib turishini kim xohlamaydi deysiz. Mayli boy bo‘lishni, puli yetarli bo‘lishini, odamlarning oldida me’yordagi odam bo‘lib ko‘rinishni istovchilar ko‘p va biz bu
haqda biron fikr bildirish niyatidan yiroqmiz. 

Mayli kimdir ertalabdan turib mashinasini yurgizib taksiga chiqar, kimdir yer olib pulga boradigan mahsulot ekmoqchidir, kimdir issiqxona qilib, pomidor, bodring ekmoqchi, kimdir tadbirkorlik qilmoqchi, kimdir oliy o‘quv yurtiga kirib, diplom olib shu vatan ravnaqiga xizmat qilmoqchi. Shunday ekan, har kimning maqsadi unga yarasha bo‘ladi.
Lekin biz shu xalqqa, shu vatanga xizmat qilishni birinchi o‘ringa qo‘yib harakat qilishimiz lozim. Agar biz yoshlarimizga vatanga xizmat qilish vazifasini burch
sifatida o‘rgatsak, u tadbirkor bo‘ladimi, muallimmi, taksi haydovchimi, shifokormi, ularda vatan tuyg‘usi bo‘lsa, vatanga yaxshi xizmat qiladi, odamlarning qadriga
yetadi, inson degani shunday aziz bo‘lishi, uning umri bu dunyoda bittagina ekanligi, insonni qadriga yetish kerakligini u yaxshi tushunadi. Shuning uchun bu borada yanayam hushyorroq bo‘lsak, ko‘zlagan maqsadlarimizga tezroq yetishimiz aniq. 

TAVBOYEV Azamat
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati

Slide 1 of 3